Mehr ulashildi

Toshkent shahar bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo’yicha yordamchisi Zulayho Saatova, Olmazor tumani hokimi o’rinbosari D.Nosirjonovna va Olmazor tumani bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo’yicha yordamchisi D.Xabirova bilan birgalikda yurtimizga “Mehr” operatsiyalari doirasida qaytarilgan ayol-qizlar bilan suhbat o’tkazildi.
Suhbat jarayonida “Mehr” operatsiyalari doirasida qaytarilagn ayollarning muammolari o’rganilib, ayrim masalalari o’sha joyning o’zida ijobiy hal qilindi va ayrim muammolari yuzasidan belgilangan tartibda ularga amaliy yordam berilishi tushuntirildi. Ayollar ularga bildirilgan ishonch, e’tibor va qo’llab- quvvatlashlardan mamnun ekanliklarini bildirib, muhtaram Yurtboshimiz va boshqa mas’ullar haqqiga duo qilib, minnatdorliklarini izhor qildilar.
Shuningdek, ayollar Yangi O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmun-mohiyati bilan tanishtirildi, O’zbekistonda tarixiy va siyosiy ahamiyatga molik bo’lgan referendumda faol ishtirok etishlari, yangi konstitutsiyamizdagi moddalarning barchasi inson manfaatlari uchun xizmat qilishi tushuntirildi.
Ayollar mazkur siyosiy, xalq farovonligi va yurt tinchligiga daxldor bo’lgan jarayonda faol ishtirok etishlarini bildirdilar.
Ularga ko’ngillarini ko’tarish maqsadida homiylar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi berildi.